"Buxoro"ning nazorat o‘yini bekor qilindi
"Buxoro" jamoasi ayni damda Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Jamoa bugun Turkiyadagi ikkinchi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Vengriyaning "Seged 2011" jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Biroq bellashuv bugun o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
"Buxoro” jamoasining Turkiyadagi bugungi uchrashuvi Antaliyada kun davomida yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir tufayli bekor qilindi", - deya yozdi klub matbuoti.
Eslatib o‘tamiz, Xomyakov shogirdlari birinchi nazorat uchrashuvida "Drenicha" klubiga minimal hisobda yutqazgan edi.
Fikrlar