Byorndalen Olimpiadaga boradi, biroq . . .

CHERY AUTO

Biatlon bo‘yicha sakkiz karra Olimpiada chempioni Ule-Eynar Byorndalen Pxenchxandagi Olimpiya o‘yinlariga boradi, biroq sportchi sifatida emas. Biatlonchi rafiqasi Darya Domrachevani qo‘llab-quvvatlab turish uchun Janubiy Koreyaga boradi. 

Tecno

"Rejamiz bo‘yicha u Olimpiadaga men bilan boradi. Mana shunday kunlarda qo‘llab-quvvatlab turishi ayni muddao. Ule-Eyner bilan birga mashg‘ulot qilamiz. Bu esa oldindagi katta poygalarga puxta tayyorlanishimda yordam beradi. Hozir unga ham qiyin. Federatsiyasining qaroridan norozi. Uning shunday kunlarda o‘zini qo‘lga ola bilishidan, irodasi kuchliligidan faxrlanaman", – deydi Darya. 

Eslatib o‘tamiz, kecha e’lon qilingan ro‘yxatda Norvegiya biatlon federatsiyasi vakillari Ule-Eynarni Olimpiadada ishtirok etadigan tarkibga jalb qilishmagan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!