Asosiy mazmunga oʻtish

“Chelsi” 11-darvozabonni sotib oladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

To‘xtash yo‘q

“Chelsi” klubi g‘alati ishga qo‘l urdi. Klub tarkibida ayni paytda 10 nafar darvozabon shug‘ullanmoqda.

Shunga qaramay, “aristokratlar” tez orada “Liverpul” posboni Kivin Kellexerni transfer qilishni mo‘ljallayapti.

25 yoshli irlandiyalik darvozabon “Liverpul” asosiy tarkibiga kira olmayapti. Alisson Beker jarohatidan qutilganidan keyin yana darvozani o‘ziniki qiladi. Klub rahbariyati Kellexerga birinch raqam braziliyalik posbonga tegishli ekanini aytdi.

The Sun nashrining xabar berishicha, bu transfer “aristokratlar”ga 42 million evroga tushadi. Kellexer o‘zini  asosiy darvozabon sifatida o‘ynatadigan jamoaga o‘tmoqchi. “Chelsi” unga imkoniyat berishga tayyor.

Ayni paytda London klubida Robert Sanches, Filip Yorgensen, Markus Betinelli, Jorje Petrovich, Kepa Arrisabalaga, Mayk Penders, Gebriel Slonina, Lyuk Kempbell, Ted Kerd va  Teddi Sharman-Lou kabi darvozabonlar bor.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q