"Chelsi" Alehandro Garnachoni sotishga tayyor

  • 20.04.2026 17:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" 21 yoshli vinger Alehandro Garnachoni sotishga tayyor, deb xabar bermoqda "talkSPORT".

Manbaga ko‘ra, London klubi rahbariyati argentinalik futbolchini 40 million funtga xarid qilish o‘zini oqlamaganini tan olmoqda.

Garnacho 2025 yil avgust oyida “Manchester Yunayted”dan “Chelsi”ga o‘tgan edi.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi. Angliya Premier-ligasida esa 22 o‘yinda 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!