"Chelsi"dagi golidan keyin Dastan Satpaev mashhur bo‘lib ketdi

  • 29.07.2026 10:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Meksikalik bloger va futbol mavzusidagi kontent muallifi Karlos Reynoso o‘z obunachilarini Qozog‘iston terma jamoasi va Londonning «Chelsi» klubi forvardi Dastan Satpaevga e’tibor qaratishga chaqirdi. 

- Uni tanib oldingizmi? Mana, u o‘zining ilk golini urdi, Xabi Alonso davridagi birinchi golini. Tanishing, Dastan Satpaev. «Chelsi»ning yangi futbolchilaridan biri va siz bilishingiz kerak bo‘lgan qozok futboli durdonasi, — deb yozdi Reynoso X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. 

Uning sahifasida 100 mingga yaqin obunachi bor.

Eslatib o‘tamiz,  28 iyul kuni Dastan Satpaev «Chelsi» tarkibida o‘zining debut golini urdi. U Avstraliya klubi «Western Sidney Wonderers»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (6:4) golga mualliflik qildi. 

Shuningdek, 17 yoshli qozog‘istonlik futbolchi londonliklarning ikkinchi golida ham ishtirok etdi. 

1 avgust kuni Sidneydagi «Akkor» stadionida Xabi Alonso jamoasi «Tottenxem»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!