"Chelsi" darvozabon sotib olmoqchi
"Chelsi" "Atletik" darvozaboni Unai Simonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya yozmoqda Fichajes.com portali.
Manbaning xbariga ko‘ra, Simon transferini "ko‘klar" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning shaxsan o‘zi istamoqda. Mutaxassisning fikricha, jamoaning amaldagi posboni Robert Sanchesga kuchli raqobatchi kerak.
Joriy mavsum Unai 11ta o‘yinda maydonga tushishiga ulgurdi. Shu bilan birga 5 ta bellashuvda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar