"Chelsi" darvozabonini maydondan og‘ir ahvolda olib ketishdi

  • 17.10.2026 22:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi»ning asosiy darvozaboni Emiliano Martines Angliya premer-ligasi doirasida «Everton»ga qarshi o‘yin paytida jarohat oldi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida argentinalik posbon o‘z jarima maydonida havodagi to‘p uchun kurash chog‘ida mehmonlar himoyachisi Jэрred Brentueyt bilan to‘qnashib ketdi.

To‘qnashuvdan so‘ng Brentueyt qisqa vaqt ichida o‘rnidan turib, o‘yinni davom ettira oldi. Martinesga esa jiddiyroq tibbiy yordam talab etildi: shifokorlar maydonning o‘zida unga taxminan to‘qqiz daqiqa davomida yordam ko‘rsatishdi. Shundan so‘ng darvozabon maxsus zambilda maydondan olib chiqib ketildi.

Uchrashuvdan keyin «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jurnalistlar bilan suhbatda Martines stadionni tark etayotgan paytda hushyor holatda bo‘lganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, futbolchining jarohati qay darajada ekani va u qancha muddat safdan chiqishi haqida hozircha aniq ma’lumot berilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!