«Chelsi» Emilianо Martinesga qiziqmoqda
Londonning «Chelsi» klubi «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martinesni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Argentinalik posbonning vakillari uning nomzodini londonliklarga taklif etgani aytilmoqda. Shuning ortidan «Chelsi» rahbariyati ehtimoliy transfer masalasiga jiddiy qiziqish bildirgan.
Hozircha tomonlar o‘rtasida Martinesning ehtimoliy o‘tishi bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib borilayotgani xabar qilinmoqda.
Martinesning transfer bozorida paydo bo‘lishiga «Aston Villa»ning yaponiyalik darvozabon Dzyon Sudzukini sotib olgani sabab bo‘ldi. Shu tariqa birmingemliklar 33 yoshli argentinalik posbonni sotish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor ekani ma’lum bo‘ldi. Avvalroq Martinesga «Yuventus» jamoasi ham qiziqish bildirgan, ammo turinliklar bilan muzokaralar kelishuvsiz yakunlangan.
Emiliano Martines «Aston Villa» safida 2020 yildan buyon to‘p surmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Yangi mavsumda esa argentinalik darvozabon hali maydonga tushgani yo‘q.

Fikrlar