"Chelsi" yetakchisini Yevropa grandi nishonga oldi

  • 15.01.2026 17:44
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Enzo Fernandez faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.

Gap shundaki Argentina terma jamoasi futbolchisi "Chelsi"dagi kelajagiga ishonmayapti. Futbolchi sobiq bosh murabbiy Enzo Mareskaning ketishidan norozi. "L’Equipe" xabariga koʻra, Fernandez yaqin orada jamoasini almashtirish haqida oʻylamoqda. 24 yoshli futbolchini allaqachon YEChLning amaldagi gʻolibi PSJ sotib olish variantini koʻrib chiqmoqda. Argentinalik futbolchining "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha moʻljallangan boʻlib, uning narxi 85 million evroni tashkil etadi.

Maʼlumot uchun, "koʻklar" xavbekni 2023 yilda "Benfika"dan 121 million evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!