"Chelsi" Fabregasning shogirdini olib ketmoqchi
Angliyada o‘ynaydigan darajaga yetdi
«Komo» jamoasi va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Lukas da Kunya bir vaqtning o‘zida bir nechta ingliz klublari diqqat markaziga tushdi. Bu haqida insayder Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli fransuz futbolchisini Londonning «Chelsi» klubi, shuningdek «Nottingem Forest» va «Bornmut» jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘rib chiqmoqda. «Komo» rahbariyati esa yarim himoyachini sotish orqali 50 million yevro ishlab topishni maqsad qilgan.
Lukas da Kunyanning amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxiriga qadar «Komo» bilan kuchda qoladi.
Joriy mavsumda Italiya chempionati doirasida da Kunya beshta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Izohlar (0)