"Chelsi" Fransiyadagi yulduzdan voz kecha olmadi
Xabi Alonsoga shu oʻyinchi kerak
«Monako» jamoasi yarim himoyachisi Lamin Kamara Londonning «Chelsi» klubi diqqat markazida qolmoqda. Bu haqida sport jurnalisti Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan yozda amalga oshmay qolgan transferga qaramay, «Chelsi» hanuz Kamaraga qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, 2027 yilga borib kelishuv albatta amalga oshadi, degan kafolat yo‘q.
Joriy mavsumda 22 yoshli senegallik futbolchi barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda yetti o‘yinda maydonga tushdi, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va bir golli uzatma muallifiga aylandi.
Kamaraning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining transfer qiymati 55 million evroni tashkil etadi.

Izohlar (0)