"Chelsi"ga qishda yangi "yulduzcha" keladi
Xabi Alonso jamoasiga Jassima Yasin qo‘shiladi
Londonning «Chelsi» klubi yaqin kunlarda Fransiyaning «Strasbur» jamoasi bilan Marokash terma jamoasi vingeri, 20 yoshli Jassima Yasin transferi bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin.
Bu haqida Ouest-France nashriga Xabi Alonso murabbiylar shtabi a’zosi Kristoff Lollishon ma’lumot bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv deyarli to‘liq muvofiqlashtirilgan, bitimni rasmiylashtirish esa qishki transfer oynasida amalga oshiriladi.
Yasin 2026 yildan buyon «Strasbur» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ungacha futbolchi Fransiyaning yana bir klubi — «Dyunker» tarkibida to‘p surgan.
Joriy mavsumda vinger Liga 1 musobaqasida jamoasi uchun olti o‘yin o‘tkazib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va bir marta golli uzatma muallifiga aylandi.

Izohlar (0)