“Chelsi” gigant oʻyinchini nishonga oldi
“Chelsi” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish maqsadida yangi markaziy himoyachi qidirishda davom etmoqda. Jurnalist Saymon Jonsonning xabar berishicha, londonliklar hozircha ikki nomzod profilini o‘rganmoqda.
Birinchi navbatda, “Chelsi” mutasaddilari “Kristal Pэlas” himoyachisi Maksans Lakruani nishonga olgan edi. Endi transfer ro‘yxatiga “Komo” futbolchisi Xakobo Ramon ham kiritildi.
Xabarlarga ko‘ra, “Chelsi” Maksans Lakrua uchun taxminan 50 million funt sterling taklif qilishga tayyor. Biroq klub shu bilan cheklanib qolmoqchi emas.
Madridning “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Xakobo Ramon ham navbatdagi transfer maqsadi hisoblanadi. Shu bilan birga, “Komo” ham “Chelsi” markaziy himoyachisi Trevo Chalobaga qiziqmoqda va klublar o‘zaro almashinuv variantini ham ko‘rib chiqishi mumkin.
Bo‘yi 195 santimetrni tashkil qiladigan Ramon o‘tgan mavsum «Komo» safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoaga bosh murabbiy Sesk Fabregas qo‘l ostida Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yordam berdi.
«Real» 21 yoshli bahaybat himoyachini qayta sotib olish huquqini saqlab qolgan. Shuningdek, madridliklar uning keyingi transferidan tushadigan mablag‘ning 50 foizini ham oladi.
Xakobo Ramon «Real» asosiy jamoasida bir nechta o‘yin o‘tkazgach, 2,5 million yevro evaziga «Komo»ga o‘tgan edi.
Uning asosiy ustunliklari sifatida bo‘yining balandligi tufayli havodagi kurashlardagi ishonchli harakatlari, hujumlarni boshlashdagi aniq uzatmalari va raqib bosimi ostida ham xotirjam harakat qilishi qayd etilmoqda.

Fikrlar