Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Chelsi" hamma so‘rayotgan Pedru Netuga narx belgiladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Juda katta summa

«Chelsi» hujumchi yarim himoyachisi Pedru Netuni yozgi transfer oynasidan oldin sotishi mumkin. Bu haqida The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumoticha, londonliklar portugaliyalik vinger bilan xayrlashishga tayyor. Klub rahbariyati futbolchining transferi orqali taxminan 100 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Pedru Netu 2024 yili «Vulverxempton»dan «Chelsi» safiga 60 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Avvalroq futbolchiga «Manchester Siti» hamda Saudiya Arabistoni klublari tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q