“Chelsi” himoyachisini Ispaniyaga jo‘natdi
“Chelsi” himoyachi Mamadu Sarrning Ispaniyaning “Real Sosyedad” klubiga ijaraga o‘tganini e’lon qildi.
Londondiklar Sarrni o‘tgan yozda “Strasbur”dan 12 million funt evaziga sotib olgan edi. Klublar o‘rtasidagi kelishuvdan keyin Mamadu klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida “Chelsi” bilan g‘olib chiqdi, shundan so‘ng fransuz klubiga ijara asosida qaytdi.
Qishki transfer oynasi yakuniga yaqin himoyada futbolchilar tanqisligiga duch kelgan “Chelsi” Sarrni “Strasbur”dan muddatidan oldin qaytarib oldi. Shundan beri 20 yoshli senegallik futbolchi londondiklar safida 6 ta uchrashuv o‘tkazdi.
Levi Koluillning jarohatdan tuzalishi va Maksans Lakruaning jamoaga kelishi Sarrning “Chelsi”da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkoniyatlarini yanada kamaytirdi.
Shuning uchun Mamadu Sarr 2026/27 yildgi mavsumni “Real Sosyedad”da tajriba orttirish bilan o‘tkazadi.

Fikrlar