“Chelsi” hujumchisi jamoadan ketmoqchi
Hujumchi Mark Giu "Chelsi" rahbariyatiga murojaat qildi. Futbolchi kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgani uchun klubdan yozda ketishni so‘radi.
O‘tgan yilning avgustida Giu ijara asosida "Chelsi"dan "Sanderlend"ga o‘tgandi. Biroq, 26 kundan so‘ng "aristokratlar" futbolchini qaytarishdi, bu Liam Delapning jarohatidan keyin sodir bo‘ldi.
Bu mavsumda Mark Giu Angliya Premier-ligasida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi, ammo faqat bir marta asosiy tarkibga kiritildi. Ushbu to‘qqizta o‘yinda Giu bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 20 yoshli Mark Giuni 12 million yevroga baholamoqda.
Fikrlar