"Chelsi" ikki do'stni birlashtirdi

  • 22.07.2026 08:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Chelsi» jamoasi yarim himoyachisi Koul Palmer o‘zining ko‘p yillik do‘sti Morgan Rojersning «Aston Villa»dan rasmаn «Chelsi»ga o‘tishiga munosabat bildirdi. 

Angliya terma jamoasi a’zosi o‘zining Instagram Stories sahifasida jamoadoshiga aylangan Rojers bilan birgalikda tushgan suratlardan kollaj joylashtirdi. Rasmlarda Palmer va Rojers «Manchester Siti» akademiyasida, turli yosh toifasidagi Angliya terma jamoalarida va maydondan tashqari paytlarda birga tushgani aks etgan.

- Hayotimdagi eng yaqin do‘stlarimdan biri bilan «Chelsi»da birga o‘ynash — bu alohida tuyg‘u, — deb yozdi Palmer.

Palmer va Rojers yoshlik davridanoq bir-birini yaxshi biladi. Ular uzoq yillar davomida «Manchester Siti» tizimida birga tarbiyalangan, keyinchalik esa Angliyaning yoshlar va asosiy terma jamoalari safida ham birga harakat qilgan. Palmerning aytishicha, uning mashhur «Cold» uslubidagi gol nishonlashiga ham aynan Rojers ilhom bergan.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» yaqinda 23 yoshli Morgan Rodjersni «Aston Villa»dan sotib olganini rasmаn e’lon qildi. Hujumchi 2033 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi va 2026/2027 yilgi mavsum oldidan Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoaga qo‘shiladi. Rodjers «Aston Villa» tarkibida Angliya Premyer-ligasida 85 o‘yin o‘tkazib, 40 golda (gol va golli uzatmalar) ishtirok etgan.

Morgan Rodjers «Chelsi» tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. 23 yoshli yarim himoyachi «Aston Villa»dan londonliklar safiga o‘tib, 2033 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. Kelishuv qiymati 117 million funt (taxriban 137 million yevro)ni tashkil etdi. Bu transfer «sinilar» tarixidagi eng qimmat bitim sifatida qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!