“Chelsi” katta transferdan voz kechdi

  • 28.01.2026 09:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasi vakili “Chelsi” rahbariyati “Yuventus” klubian yarim himoyachi Duglas Luisni transfer qilish g‘oyasidan voz kechib,  e’tiborini boshqa o‘yinchilarga qarataadigan bo‘ldi.

Bu haqida jurnalist Devid Ornshteyn X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, London klubi 27 yoshli braziliyalik futbolchini olish masalasini ko‘rib chiqqan, u jamoa tizimiga mos keladi, deb hisoblangan. Biroq “Chelsi” mutasaddilari  baribir Andrey Santos va hozirgi tarkibdagi boshqa futbolchilarga ustuvor ahamiyat berishga qaror qilgan.

Duglas Luis aslida Turin grandiga tegishli bo‘lsa-da, mavsumni ijara asosida “Nottingem Forest” jamoasida o‘tkazmoqda. Tajribali yarim himoyachi Angliya chempionatining joriy mavsumida sakkizta o‘yin o‘tkazib, samarali harakatlarni amalga oshira olgani yo‘q.

Shuningdek, uning hisobida  Evropa Ligasida to‘rtta o‘yin va bitta golli uzatma bor.

Braziliyaning “Vasko da Gamma” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Duglas Evropaga 2017 yilning yozida kelib, “Manchester Siti” safiga qo‘shilgan edi. Keyinchalik “Jirona”da ijara asosida o‘ynadi va 2019 yili “Aston Villa”ga transfer qilindi.

“Yuventus” Luisni 2024 yili 51,5 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi. Biroq mohir charm to‘p ustasi Italiya futboliga moslasha olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!