"Chelsi" Konorga narx belgiladi

  • 28.12.2023 19:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" Konor Gallaxer uchun narx belgiladi. 

Jurnalist Ben Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, "aristokratlar" Gallaxerni 45-50 million funtga baholamoqda. Xabarlarga binoan, klub yarim himoyachi bilan faqat shu pulni to‘lay oladigan xaridor chiqqan taqdirda sotishi mumkin. 

Mauritsio Pochettino Gallaxerni jamoa uchun muhim futbolchi, deb hisoblaydi. Futbolchining o‘zi ham "Chelsi"da qolmoqchi. 

Ma’lum bo‘lishicha, "Tottenxem" yozda Gallaxerni 35 million funtga sotib olmoqchi bo‘lgan. 

Konor joriy mavsum Premer-ligada 18 uchrashuvda 4 ta golli uzatma bergan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!