"Chelsi" Lakrua transferi ustida ish olib bormoqda

  • 25.06.2026 04:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" himoya chizigʻini kuchaytirish boʻyicha ishlarni davom ettirmoqda va "Kristal Pэlas" futbolchisi Maksans Lakruani asosiy nomzodlardan biri sifatida koʻrmoqda.

Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, londonliklar 26 yoshli fransuz himoyachisining ehtimoliy transferi boʻyicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Avvalroq ushbu bitimning qiymati taxminan 40 million yevro boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumotlar tarqalgan edi.

Lakrua 2024 yilda Germaniyaning "Volfsburg" klubidan "Kristal Pэlas" safiga qoʻshilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan.

2025/26 yildagi mavsumda fransuz himoyachisi barcha musobaqalar doirasida 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi boʻldi.

"Chelsi" yozgi transferlar oynasida himoya chizigʻini yanada mustahkamlashni maqsad qilgan va Lakrua ushbu rejadagi muhim variantlardan biri hisoblanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!