"Chelsi" mavsum oxirigacha boshog‘rig‘idan qutildi
Futbolchi ketdi
«Chelsi» jamoasi markaziy himoyachisi Benoa Badyašil mavsum oxirigacha «Napoli» tarkibida o‘ynaydi. London klubi futbolchining Italiya A seriyasi vakiliga ijara asosida o‘tganini rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.
Oldinroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Napoli» Badyašilning ijarasi uchun «Chelsi»ga 3 million yevro to‘laydi. Shartnomada shuningdek, himoyachini 27 million yevro evaziga to‘liq sotib olish imkonini beruvchi band ham bor.
25 yoshli Benoa Badyašil joriy 2025/2026 yildgi Angliya Premier-ligasi mavsumida «Chelsi» safida sakkizta o‘yin o‘tkazdi.
Shuningdek, u Chempionlar ligasida to‘rt bor maydonga tushdi. Himoyachi haligacha gol yoki golli pas bilan ajralib tushgani yo‘q. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Izohlar (0)