“Chelsi” meni olsin!

  • 30.04.2026 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Daily Mail nashri “Kristal Pelas” klubi va  Fransiya milliy terma jamoasi oʻyinchisi Maksans Lakrua yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini almashtirib, “Chelsi”ga koʻchib oʻtishga qiziqayotganini haqida yozdi.

Bosh murabbiy Oliver Glasner bu yozda “Kristal Pelas”ni tark etishga tayyorlanayotgan bir paytda, yangi maʼlumotlarga koʻra, markaziy himoyachi Maksans Lakrua ham “Selherst Park”ni “Stemford Bridj”ga almashtirishga qarshi emas.

Bu himoyachi 2024 yilda “Volfsburg”dan “Kristal Pelas”ga 18 million funt evaziga aynan Oliver Glasner bilan qayta birlashish uchun oʻtgan edi.

Maksans Lakrua joriy mavsumda Premyer-liganing eng yaxshi himoyachilaridan biri boʻlib, muntazam ravishda toʻpni olib qoʻyish va havodagi duellarda yuqori koʻrsatkichlarni qayd etmoqda.

“Chelsi” sport direktorlari Pol Vinstenli va Lourens Styuart himoya chizigʻini mustahkamlash uchun yangi ijrochilar izlayotganini hisobga olsak, 26 yoshli Lakrua ushbu rol uchun munosib nomzod boʻlishi mumkin. Shuningdek, u Premyer-ligada yetarlicha tajribaga ega.

“Chelsi” kelasi mavsumda Levi Kolvill bilan juftlik hosil qila oladigan markaziy himoyachini qidirmoqda va taʼkidlanishicha, Maksans Lakrua talablarning koʻp qismiga javob beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!