“Chelsi” muhim transferni yakunladi
Angliya Premier-ligasidagi mavqeini mustahkamlashgan intilayotgan “Chelsi” klubi rahbariyati Fransiyaning “Strasbur” jamoasidan yarim himoyachi Valentin Barko bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.
21 yoshli Barko 2033 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi va ta'tili yakunlangandan keyin Xabi Alonso boshqarayotgan jamoa yig'iniga qo'shiladi.
Barko faoliyatini Argentinaning “Boka Xuniors” klubida boshlagan. U 2024 yilda “Brayton”ga o'tgan bo'lsa-da, Premier-ligada atigi oltita uchrashuvda maydonga tushgan.
U keyinchalik bir yarim mavsum davomida “Strasbur” sharafini himoya qildi va jami 58 ta o'yinda ishtirok etdi. Shundan 43 tasi o'tgan mavsumga to'g'ri keladi.
“Strasbur”dagi muvaffaqiyatli o'yini evaziga Barko Argentina terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritildi va guruh bosqichida Iordaniyaga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushdi.
Barko bu yozda Xabi Alonso jamoasiga qo'shilgan Danni Uelbek, Morgan Rojers, Maksans Lakrua va Marko Palestradan keyingi navbatdagi yangi futbolchiga aylandi.
U yarim himoyadan tashqari chap qanot himoyasida ham harakat qila oladi. Bu esa Mark Kukurelya ketganidan keyin “Chelsi” uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Fikrlar