Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Chelsi"ning taklifi yerda qoldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Pul kamlik qildi

«Monako» jamoasining markaziy yarimhimoyachisi Lamin Kamara katta ehtimol bilan klubda qolishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tanilgan jurnalist Mett Lou xabar berganidek, «Monako» rahbariyati 45 million yevro taklif etgan «Chelsi» klubiga futbolchini sotishdan bosh tortgan. Hozircha londonliklar yaqin soatlarda yangi taklif bilan chiqish-chiqmasligi noma'lum.

Eslatib o‘tamiz, Angliyada yozgi transfer oynasi 1 sentyabrdan 2 sentyabrga o‘tar kechasi yopiladi.

Yangi mavsumda 22 yoshli Lamin Kamara barcha musobaqalarni hisobga olgan holda to‘rt o‘yinda maydonga tushdi va bir bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q