"Chelsi" norozi!
Klub ijaradagi futbolchini qaytarib olmoqchi!
"Chelsi" ijara asosida "Nottingem Forest"da harakat qilayotgan yarim himoyachi Andrey Santosni qaytarib olishga tayyorlanmoqda, deya xabar beradi Fabritsio Romano.
Malumotlarga ko‘ra, "ko‘klar" 19 yoshli Santosning o‘yin amaliyoti kamligi sababli "Nottingem Forrest"dan norozi. Braziliyalik futbolchini qaytarish bo‘yicha ichki qaror allaqachon qabul qilingan va yaqin haftalarda hech narsa o‘zgarmasa, bu haqda rasman e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Andrey Santos bor yo‘g‘i ikkita bahsda maydonga tushdi.

Izohlar (0)