Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Chelsi" Palmerga narx belgiladi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Lekin London klubi Palmerni sotish niyatida emas

"Chelsi" jamoa yarim himoyachisi Koul Palmerni qancha sotishini ma'lum qildi. Bu haqida "Fichajes" nashri xabar bermoqda. 

Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, hozirda angliyalik futbolchini "Maches­ter Yunayted" va "Man­chester Siti" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda. Lekin London klubi Palmerni sotish niyatida emas va havbek uchun 200 million yevro narx belgilab qo‘ygan. 

23 yoshli futbolchining ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 120 million yevroga  baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning yozigacha amal qiladi. 

Ma'lumot uchun, Palmer joriy mavsum "ko‘klar" safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q