"Chelsi" rahbariyati "Aston Villa" murabbiyini chaqiryapti

  • 27.07.2026 07:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» klubi standart vaziyatlar bo‘yicha tajribali mutaxassis Ostin Makfini o‘z shtabiga jalb etishga qiziqmoqda. Hozirda shotlandiyalik murabbiy «Aston Villa» klubida faoliyat yuritmoqda. Bu haqida BBC manbalari xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, londonliklar rahbariyati Makfini o‘z safiga qo‘shib olish masalasida Birmingem klubi bilan muzokara olib bormoqda. U bilan birga ishlashni «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso istamoqda. 

Shu bilan birga, «Aston Villa» mutaxassisiga boshqa ingliz klublari, shuningdek, Saudiya Arabistoni jamoalari ham qiziqish bildirgani aytilmoqda.

Ostin Makfi 2021 yildan buyon «Aston Villa»da standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiy sifatida ishlab kelmoqda. 46 yoshli mutaxassis, shuningdek, Roberto Martines qo‘l ostida Portugaliya terma jamoasida ham standartlar bo‘yicha murabbiy vazifasini bajargan.

O‘tgan mavsumda «Aston Villa» standart vaziyatlardan urilgan gollar soni bo‘yicha «Arsenal» bilan birgalikda Angliya chempionatida yetakchilik qildi. 2023/2024 yildgi mavsumda esa «Aston Villa» ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Evropaning kuchli beshta chempionati klublari orasida eng samarali jamoaga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!