Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Chelsi" raqiblar so‘ragan yulduz narxini tushirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Tez qutilish kerak

«Chelsi» himoyachi Malo Gyusto bo‘yicha potensial xaridorlar uchun shartlarni yumshatishga tayyor ekani xabar qilinmoqda.

Yozda fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni «Liverpul» juda istagan, ammo «aristokratlar» qo‘ygan yuqori talablar tufayli kelishuv amalga oshmay qolgan edi. Shuningdek, bu  o‘yinchini  «Manchester Siti» ham nishonda ushlab turgan edi. 

CaughtOffside nashri ma’lumoticha, London klubi endi Gyustoni «degmas» o‘yinchi sifatida ko‘rmayapti va uning transfer narxini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, agar «Liverpul» «Barselona» himoyachisi Ronald Arauxoni sotib olmaslikka qaror qilsa, kelasi yili yana Gyusto variantga qaytishi ehtimoli bor.

Avvalroq «Chelsi» Malo Gyusto uchun taxminan 75 million funt sterling (deyarli 88,5 million yevro) talab qilayotgani aytilgan edi. Transfermarkt portalida 23 yoshli futbolchining bahosi 35 million yevro atrofida qayd etilgan.

Joriy mavsumda yon tomon himoyachisi Xabi Alonso jamoasi tarkibida olti o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli pas bilan ajralib turdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q