Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Chelsi» «Sanderlend» hujumchisini kuzatmoqda

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Chelsi» «Sanderlend» hujumchisi Brayan Brobbini 40 million yevro atrofida sotib olishga jiddiy qiziqmoqda.

«Sanderlend» klubi hujumchisi Brayan Brobbi faoliyatini Londonning «Chelsi» jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Saymon Fillips xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» 24 yoshli forvardni kuzatishni davom ettirmoqda. Brobbi yangi mavsumni juda yaxshi boshlagani qayd etilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, londonliklar niderlandiyalik futbolchini yozdayoq o‘z nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan, hozir esa unga bo‘lgan qiziqish yanada ortayotgani aytilmoqda.

Joriy mavsumda Brobbi barcha musobaqalar doirasida olti o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi.

Hujumchining «Sanderlend» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q