“Chelsi”: Sen klubdan tez ket!

  • 28.01.2026 08:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida ishtirok etayotgan “Chelsi” klubi jamoaning mashhur futbolchisi Rahim Sterling bilan xayrlashishga qaror qilgan. “Aristokratlar” katta maosh olayotgan yulduzning yanvar oyidayoq ketishini istayapti.

Bu haqida Sky Sports News X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.

Manbaga koʻra, London klubi ayni paytda futbolchi va uning vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Kutilishicha, u qishki transfer oynasi yopilguniga qadar jamoani tark etadi.

Yanvar boshida Rahim Sterling ijara asosida “Vest Xem”ga oʻtish taklifini rad etgani va “Fulxem”ga qoʻshilishni istashi haqida xabarlar chiqqan edi.

Joriy mavsumda 31 yoshli futbolchi “Chelsi” safida birorta ham oʻyin oʻtkazmadi, u asosiy jamoadan alohida mashgʻulot oʻtkazmoqda. Uning London klubi bilan shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiladi. Oʻtgan mavsumda Rahim ijara asosida “Arsenal”da oʻynagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!