Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Chelsi": Sen, shu yoz ketasan!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O‘rtada olti yillik shartnoma bor

Londonning «Chelsi» klubi argentinalik vinger Alehandro Garnacho bilan xayrlashishga qarshi emas. Bu haqida futbol bozori bo‘yicha ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, agar yozgi transfer oynasi davomida klubga munosib taklif tushsa, 19 yoshli futbolchi jamoani tark etishi mumkin.

Garnachoning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi o‘tgan yozda «Manchester Yunayted» tarkibidan «Chelsi»ga 46,2 million yevro evaziga o‘tgan edi.

O‘tgan mavsumda Garnacho barcha musobaqalar doirasida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va jamoadoshlariga 4 ta golli pas yo‘lladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q