Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Chelsi" superdarvozabonni arzimagan narxga olyapti

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Transfer 9 million yevroni tashkil qildi xolos

Argentina terma jamoasi yulduzi klubini almashtirmoqda. «Aston Villa» va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines yozgi transfer oynasi yopilguncha jamoasini oʻzgartiradi. 

U Londonning «Chelsi» klubiga oʻtadi. Bu haqida sport jurnalisti Fabrizio Romano oʻz ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Manbaga koʻra, transfer qiymati 9 million yevro etib belgilangan.

Maʼlumotlarga qaraganda, Martines «Aston Villa»ni tark etish qarorini klubning yangi darvozabon – Dzion Sudzukini sotib olganidan soʻng qabul qilgan. 

Birmingem jamoasi yaponiyalik posbonni yangi mavsum uchun asosiy darvozabon sifatida koʻrmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q