«Chelsi» va «Arsenal» «Inter» yarim himoyachisini sotib olmoqchi.
«Inter» yarim himoyachisi Andi Diufga «Chelsi», «Arsenal», «Barselona» va «PSJ» qiziqmoqda, klub uni kamida 50 million yevroga sotishni ko‘rib chiqadi.
«Chelsi» va «Arsenal» «Inter» yarim himoyachisi Andi Diufning o‘yinlarini yaqinidan kuzatmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, 23 yoshli fransuz futbolchisiga «Barselona» va «PSJ» ham qiziqish bildirgan. Diufning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyunigacha mo‘ljallangan.
Futbolchining transfer qiymati taxminan 30 million yevro atrofida baholanmoqda. Biroq bu miqdor muzokaralarni boshlash uchun yetarli emasligi aytilmoqda. «Inter» uni 50–60 million yevro atrofidagi takliflar uchungina sotish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin, shu bilan birga klub mavsum o‘rtasida yarim himoyachisidan voz kechish niyatida emas.
Diufning asosiy afzalliklaridan biri — universalligi. U markaziy yarim himoyachi sifatida ham, qanot himoyachisi yoki orqa chiziqda o‘ynaydigan futbolchi sifatida ham maydonga tusha oladi. «Chelsini» uning jismoniy quvvati va to‘pni oldinga tashish qobiliyati o‘ziga jalb etmoqda, «Arsenal» esa uni markaz va chap qanotni kuchaytirish uchun ehtimoliy nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Shu bilan birga, yanvar oyida transfer amalga oshishi kam ehtimolli variant sifatida baholanmoqda. Hozircha angliyalik klublarning qiziqishi faqat futbolchini kuzatish bilan cheklanmoqda.
Izohlar (0)