"Chelsi" Xakobo Ramonga qiziqish bildirmoqda

  • 25.06.2026 04:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Komo" himoyachisi Xakobo Ramon faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"The Athletic" ma'lumotiga ko‘ra, 21 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. London klubining yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso himoyachini jamoada ko‘rishni istamoqda.

Alonso va Ramon avval ham birga ishlagan. Mutaxassis 2018/19 yildgi mavsumda "Real"ning o‘smirlar jamoasini boshqargan vaqtda futbolchi uning qo‘l ostida to‘p surgan.

Xakobo Ramon 2025 yilda "Real"dan "Komo"ga 2 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2025/26 yildgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Xabi Alonso yozgi transferlar oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va Ramon ushbu ro‘yxatdagi asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!