Chempion jamoadan bir kunda uchta himoyachi ketdi

  • 30.06.2026 19:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” klubi rasmiy sayti orqali jamoaning himoya chizigʻida toʻp surgan bir nechta futbolchi klubni tark etganini maʼlum qildi.

Jamoadan italyalik Matteo Darmian va Franshesko Acherbi, shuningdek niderlandiyalik himoyachi Stefan de Vrey ketdi. Uchala futbolchining milanliklar bilan amaldagi shartnomasi tugab, erkin agent maqomiga ega boʻldi.

Avvalroq “Inter” shveytsariyalik darvozabon Yann Sommer bilan ham xayrlashganini eʼlon qilgan edi.

Oʻtgan mavsum yakunlariga koʻra, Milan grandi eng yaqin taʼqibchisidan 11 ochko oldinda boʻlib, A Seriya chempioniga aylandi. Shuningdek, «neradzurrilar» Italiya kubogini ham qoʻlga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!