Chempionlar ligasida ochko yo‘qotmagan beshta jamoa qoldi
Ular orasida kutilmagan nomlar bor
Evropa maydonlaridagi eng nufuzli musobaqa — Chempionlar Ligasida umumiy bosqichning uchinchi tur bahslari yakunlandi. Jadvalga nazar tashlasak, hozircha beshta jamoa uch turdan so‘ng ham birorta ochko yo‘qotmaganini ko‘rish mumkin.
Har biri to‘qqizta ochkodan jamg‘argan bu klublar qatoriga PSJ (to‘plar nisbati +9), «Aston Villa» (+9), «Liverpul» (+5), «Real» (+5) va «Betis» (+3) kiradi.
Liderlar safida «Betis»ning paydo bo‘lishi ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi. «Oq-yashillar» ilk uch turda «Lill»ni 3:2, «Portu»ni 3:2, «Feyenoord»ni esa 1:0 hisobida mag‘lub etdi.Keyingi turda «Betis» safarda «Borussiya» mehmoni bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, uchinchi turning markaziy uchrashuvida PSJ o‘z maydonida «Barselona»ni 4:2 hisobida taslim etdi.
Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi to‘rtinchi tur uchrashuvlari 3 va 4 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Izohlar (0)