Chempionlariga Prezident sovg‘alari topshirildi
Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida karate WKF va taekvondo WT bo‘yicha Jahon chempionatlari g‘olib hamda sovrindorlari taqdirlandi.
Sportchilar va ularning murabbiylariga davlatimiz rahbarining qimmatbaho sovg‘alari, pul mukofotlari topshirildi.
Xususan, sportimiz tarixida ilk bor karate WKF bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan (ayollar o‘rtasida) Gulshan Alimardonova va o‘n yillik tanaffusdan keyin taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionligini kiritgan Najmiddin Qosimxojievga "BYD Song Plus" avtomobili hamda 15 ming AQSh dollaridan pul mukofoti berildi.
Shuningdek, jahon chempionatlarida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan sportchilar hamda ularning murabbiylariga ham bir marttalik pul mukofotlari topshirildi.
Fikrlar