Chempionlikka bir qadam qoldi
Niderlandiyaning Vey-ang-Zeb shahri mezbonlik qilayotgan “Tata Steel Chess 2026” turnirining 12-tur bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur tur doirasida Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Maties Bluэbaumga qarshi oq donalardan zafar quchib, ochkolari sonini 8 taga yetkazib oldi. Musobaqaning tugashida atiga bir tur qolganida hamyurtimizning yakka peshqadamlik qilayotgani o‘zbekistonlik ko‘plab shaxmat ixlosmandlarini xursand qilmoqda.
Nodirbek o‘yindan keyin bergan qisqa intervyusida o‘zining 2023 hamda 2024 yillardagi ushbu musobaqadagi ishtiroklarini eslab o‘tdi. Shuningdek, u hozirgi vaziyatidan juda ham mamnunligini va final o‘yinida ham g‘alaba uchun harakat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Ertaga bo‘lib o‘tadigan bahs Abdusattorov uchun printsipial ahamiyatga ega. Sababi, o‘tgan yili hindistonlik Arjun Erigaisi shaxmatchimizni mag‘lubiyatga uchratgandi. Nodirbek intervyusida revansh kayfiyati borligini ham yashirmadi.
Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindarov bu turda Rameshbabu Pragnanadhaga qarshi oq donalardan durang qayd etib, mustahkam ikkinchi o‘ringa o‘rnashib oldi. Agar 13-turda ham filippinlik Tai Dai Van Nguenga qarshi g‘alaba qozonishni uddalay olsa, o‘zi uchun eng kamida ikkinchi o‘rinni naqd qilib qo‘yishi mumkin.
1 fevral soat 18:15'da boshlanadigan final 13-tur bahslarida har ikki shaxmatchimizga omad tilaymiz va qo‘llab quvvatlaymiz.
Fikrlar