Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Chimaev Usmanning ustidan kuldi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Hamzat Kamaruning ustidan kuldi

O‘rta vazn toifasi (77.5-84 kg) engilmas jangchisi Hamzat Chimaev Kamaru Usmanga qarshi jang haqida gapirdi.

"Ular men UFC'da paydo bo‘lgan kunimdan beri Usman bilan to‘qnashuvimiz haqida gapirishdi. "Hamzat - Usman". Ular kurash va "stoyka"dagi mahoratimizni solishtirdi.

Usman menga o‘xshaydi, lekin eskiroq versiya. Kamaru iPhone 5 bo‘lsa, men iPhone Pro. Bu esa oramizdagi farqdir", - dedi Chimaev.

Chimaev (12-0) va Usman (20-3) o‘rtasidagi jang UFC 294 turnirining asosiy kardida bo‘lib o‘tadi. Turnir 21 oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q