Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Dьёkereshga birdaniga toʻrt daʼvogar chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hujumchining talabgori ko‘p

Londonning «Arsenal» jamoasi markaziy hujumchisi Viktor Dyökeresh asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotgani ortidan klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar kuchaymoqda.

Futbol insaydera Ekrem Konur maʼlumotiga koʻra, shved forvardiga bir vaqtning oʻzida bir nechta jamoa daʼvogarlik qilmoqda. Unga Italiya ning ikki grandi — turinlik «Yuventus» va «Milan», shuningdek, Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» hamda «Al-Ittihōd» klublari qiziqish bildirgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, Dyökeresh «kanonirlar»dagi hozirgi holatidan mamnun emas. Bosh murabbiy Mikel Arteta hujum chizigʻida asosiy ishonchni nemis futbolchisi Kay Havertsga bildirmoqda, bu esa shved futbolchisining maydonga tushish imkoniyatlarini keskin kamaytirib qoʻygan.

Viktor Dyökeresh oʻtgan yil yozida «Arsenal» safiga qoʻshilgan edi. U klub bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Hozirgi paytda futbolchining taxminiy transfer qiymati 65 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q