"Сити"dan Enco Fernandez dahshatli summa so'rashdi
Bunaqa narx transferni barbod qiladi
«Chelsi» klubi «Manchester Siti» rahbariyatiga argentinalik yarim himoyachi Enzo Fernandezni 164 million yevro evaziga sotishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Bu haqida Topskills Sports UK manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Fernandez hali ham «Manchester Siti» safiga o‘tish istagida qolmoqda, ammo transfer jarayonini shaxsan o‘zi tezlashtirish yoki bosim o‘tkazishni rejalashtirayotgani yo‘q.
Xabarda ta’kidlanishicha, «Manchester Siti» avvalo o‘z tarkibidan bir necha futbolchini sotib, shundan so‘nggina Fernandezni sotib olish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 54 o‘yinda maydonga tushdi, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Izohlar (0)