Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Daniel Dyubuaning keyingi raqibi ma'lum

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Bokschi 7 oktyabr kuni ringga ko‘tariladi

Joriy yilning eng yorqin janglaridan biri hisoblangan to‘qnashuvning revansh sanasi va o‘tkaziladigan joyi aniq bo‘ldi. 

May oyida bo‘lib o‘tgan ilk jangda Daniel Dyubua (23-3, 22 KO) qiyin sinovdan o‘tdi. U birinchi va uchinchi raundlarda nokdawnga tushgan edi, biroq o‘n birinchi raundda Dyubua raqibi Fabio Uordlini (20-1-1, 19 KO) nokautga uchratdi va shu paytgacha mag‘lub bo‘lmagan vatandosidan WBO kamarini tortib oldi.

Endi esa ushbu ikki charm qo‘lqop ustalarining ikkinchi uchrashuvi 7 oktyabr kuni London shahrida o‘tkaziladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q