Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Daniel Kollinz bosh sovringa asosiy javogar

Zohir2018
Izohlar: 0

Amerikalik tennischilar olg‘a bormoqda

Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan Charlston shahrida o‘tayotgan musobaqaning uchinchi davrasi qizg‘in bahslar ostida o‘tmoqda.

Unda amerikalik Daniel Kollinz va estoniyalik Kayya Kanepi o‘zaro raqobatlashdi. Mazkur o‘yinda AQSh sharafini himoya qilayotgan tennischi 7:6, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa "Volvo Car Open" musobaqasining chorak finalida Kollinz Puerto-Riko vakili Monika Pyuigga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q