Darya Domrachevani Italiyada to‘xtatisha olmadi

BEPUL PROPAN

Italiyaning Antxolts-Anterselva shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining oltinchi bosqichida xotin-qizlar mass-start poygalarida o‘zaro bahslashdi.

Unda belaruslik Darya Domracheva to‘rt otishda birgina xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa-da marraga birinchi  bo‘lib etib keldi. Undan 11.9 soniya ortda qolgan slovakiyalik Anastasiya Kuzmina  shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, finlyandiyalik Kaysa Myakyaryaynen musobaqaning uchinchi bo‘lib yakunladi.

Jahon kubogining umumhisobida Kaysa xotin-qizlar o‘rtasida 592 ochko bilan barchani ortda qoldirmoqda.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!