Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Dastan Satpaev "Chelsi"ga qaytadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaziyat shuni taqozo etmoqda

Qozog‘istonlik yosh hujumchi Dastan Satpaev jarohatdan to‘liq tiklanguncha «Börnli»dan «Chelsi»ga qaytariladi, deb xabar bermoqda Sports.kz nashri Talk BFC manbasiga tayanib.

«Jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi jarohat oldi.

Xabarlarga ko‘ra, Dastan Satpaev uydagi «Midlbsro»ga qarshi o‘yinda olgan jarohati sabab bir necha hafta maydonga tusha olmasligi mumkin. U o‘yin davomida almashtirildi va shu paytda oyog‘ini ushlab qolgani ko‘rindi.

Tiklanish davrida futbolchi «Chelsi»ga qaytib, sog‘ligi tiklangach yana shimolga yo‘l oladi», — deya yozadi manba.

Publikatsiya ot TalkBFC (@talkbfc)

2 sentabr kuni Angliya Chempionshipi 4-turi doirasida «Midlbsro»ga qarshi uy o‘yinida Satpaev bahsning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. 18 yoshli forvard asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo 81-daqiqada oyog‘idan olgan jarohati sabab o‘yinni davom ettira olmay, almashtirishni so‘rashga majbur bo‘ldi. Keyinroq «Börnli» klubi rasmiy ma’lum qilishicha, qozog‘istonlik futbolchi jarohati tufayli bir necha hafta o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q