Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Dastan Satpaev Fabrizio Romano tomonidan baholandi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Fabrizio Romano 18 yoshli qozog‘istonlik hujumchi Dastan Satpaevni «Chelsi»ning yuqori darajadagi iste’dodi sifatida ta’kidladi.

Taniqli italyalik jurnalist va futbol insayderi Fabrizio Romano Qozog‘iston terma jamoasi va inglizning «Bernli» klubi hujumchisi Dastan Satpaev haqida fikr bildirdi. 

— Dastan Satpaev haqida nima deysiz? — Juda yuqori darajadagi futbolchi.

— U Qozog‘istondan, «Bernli»da o‘ynaydi. — Qaysi klubdan dedingiz?

— «Bernli», hujumchi. — Ha, gap qaysi futbolchi haqida ketayotganini tushunmadim.

— Dastan Satpaev. — Ha, «Chelsi»dagi yangi o‘yinchimi?

— Ha shunday — yaxshi hujumchi.

18 yoshli Satpaev Londonning «Chelsi» klubidan ijara asosida «Bernli» sharafini himoya qilmoqda. Ijara shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Yosh forvard «klaretlar» safida shu kungacha olti o‘yin o‘tkazdi (besh marta Chempionshipda, bir marta  >Liga kubogida maydonga tushgan), ammo 329 daqiqa o‘yin vaqti mobaynida gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q