David Goffin: Men kuchliman
Zohir2018
David kamtarlik bilan finalga chiqdi
Ogayo shtatining Tsintsinnati shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim finalida belgiyalik David Goffin va frantsiyalik Rishar Gaske o‘zaro raqobatlashdi.
Ushbu uchrashuvda David raqibini ikki setda 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa "Western & Southern Open" musobaqasining finalida Goffin mavsum kashfiyoti rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)