
David Goffin raqibini ayab o‘tirmadi
Saudiya Arabistonining Ed-Dir’iya shahrida o‘tayotgan ko‘rgazmali turnirda barcha yarim final ishtirokchilarining nomi aniq bo‘ldi.
"Diriyah Tennis Cup"ning chorak finalida belgiyalik David Goffin va frantsiyalik Lyuka Puy o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur uchrashuvda David 6:2, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Endi final bosqichiga yo‘llanmasi uchun D.Goffin rossiyalik Daniil Medvedev bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Rossiyalik tennischi Daniil Medvedev Ed-Dir’iyada o‘tayotgan ko‘rgazmali turnirda ilk g‘alabasini qo‘lga kiritishga muyassar bo‘ldi.
Daniil musobaqaning chorak finalida germaniyalik Yan-Lennard Shtruffga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 6:3, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Endi "Diriyah Tennis Cup"ning yarim finalida Medvedev belgiyalik David Goffin yoki frantsiyalik Lyuka Puy bilan bellashadi.
Fikrlar