David Goffin so‘zining ustidan chiqdi
Zohir2018
Endi uchinchi davrada o‘ynaydi
Belgiyalik tennischi David Goffin "Masters" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning ikkinchi davrasida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Tsintsinnati shahrida o‘tayotgan ushbu musobaqada David argentinalik Gvido Pelyani 6:1, 7:5 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa "Western & Southern Open"ning 1/8 finalida Goffin frantsiyalik Adrian Mannarinoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Izohlar (0)