
David Goffinning raqibi kim?
Belgiyalik David Goffin “ABN Amro World Tennis Tournament – 2018” turnirining ikkinchi davrasida ispaniyalik Felisiano Lopesga qarshi kortga chiqdi.
Qizg‘in bahsda David raqibini dastlabki setda 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, ikkinchi setda 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. Shuningdek, o‘zaro o‘yinlardagi hisobda ham 3:0 hisobida oldinga o‘tib oldi.
Musobaqaning chorak finalida Goffin chexiyalik Tomash Berdix va serbiyalik Viktor Troitski g‘olibi bilan bahslashadi.
Fikrlar